TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Kecha Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimida avtoraqamni sotish boʻyicha birinchi bitim tuzildi. Bu haqda "OʻzRTXB" AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Elektron savdolar yakuniga koʻra Jizzax viloyatida roʻyxatdan oʻtkazilgan (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 563 637,5 soʻmga sotildi. Lotning boshlangʻich narxi 7 488 750 soʻmni tashkil etadi.

Savdo gʻolibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB boʻlinmasida rasmiylashtirishi lozim.
Ayni paytda birjaning avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 841 ta avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari, shu jumladan 635 ta — jismoniy shaxslar va 206 ta — yuridik shaxslar uchun qoʻyilgan. Auktsionga qoʻyilayotgan respublikaning barcha hududlari avtoraqamlari soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Auktsionlarni yakunlanlash muddati sotuvchining talabnomasi qoʻyilgan paytdan boshlab eng kamida uch ish kunini tashkil etadi.