Siyosat

Oʻzbekistonda Yaponiyaga ishga ketayotganlar uchun oʻqitish markazi ochildi

© Commons.wikimedia / Markus Leupold-LöwenthalTokio shahri
Tokio shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugun Oʻzbekistonda Koreya, Rossiya, Polsha, Yaponiya davlatlari bilan migratsiya sohasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari,Ummon Sultonligi, Qozogʻiston singari qator davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. 2017 yil 12 sentyabrda Yaponiyada mehnat faoliyatini amalga oshiradigan fuqarolarni ketish oldidan moslashtirish va oʻqitish Markazining ochilish marosimi oʻtkazildi, deb xabar qilindi Mehnat vazirligi rasmiy saytida.

"Mazkur taʼlim maskani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 apreldagi 303-F Farmoyishi ijrosini taʼminlash asnosida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiradigan fuqarolarimizning faoliyatini tashkillashtirish maqsadida barpo etilgan", — deb taʼkidlangan xabarda.

Yaponiya oʻzbekistonliklarga viza olish tartibini soddalashtirdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni izchil kengaytirmoqda. Bugun Oʻzbekiston Koreya Respublikasi bilan bir qatorda Rossiya, Polsha, Yaponiya davlatlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻygan. Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari,Ummon Sultonligi, Qozogʻiston singari qator davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Xabarda taʼkidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi oʻzbek fuqarolarini Yaponiyada mehnat faoliyatini yuritishi sohasida hamkorlik qilish uchun faol ish olib borgan. Natijada dastlabki qadam sifatida 2016 yilning 14 mayida Agentlik va Uno korporatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Qaydnoma imzolangan.

Muzokaralar natijasida Yaponiyaning GRANATJapanCo., Ltd., MarukoFoodCo., Ltd., IIDASangyoCo., Ltd., SAIKONTAN Farm, EastSunCo., Ltd va TakeruCo., Ltd kabi qator kompaniyalarida ishlash uchun oʻzbek stajyorlari tanlab olingan.

Yangiliklar lentasi
0