TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda 100 ming so‘mlik chiqarilishi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi, deb xabar berdi "Darakchi" nashri.
Gap shundaki, 50 ming so‘mlik pul chiqarilgach, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik kupura ham chiqariladi degan mish-mishlar tarqalib ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgan.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov bu gap-so‘zlar mutlaqo asossizligini aytib, pul birligi chiqarilishi haqida biror qaror qabul qilinsa, albatta OAV orqali ma’lumot berilishini aytgan.