TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yo‘q, deb xabar qilindi Federatsiya rasmiy saytida.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yo‘q va yaqin orada ochishni ham rejalashtirmayapti.
Federatsiya bilan bog‘liq rasmiy bayonotlar, xabar va ma’lumotlar O‘FF rasmiy saytida, O‘FFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida berib boriladi", — deyilgan rasmiy bonotda.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti va tegishli rahbarlarga info@the-uff.com elektron pochtasi orqali taklif va mulohazalar bilan murojaat qilish mumkinligi qo‘shimcha qilingan.
Federatsiya prezidenti va mutasaddi rahbarlar futbol jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari, ishqibozlarning taklif va mulohazalarini eshitishga tayyorligi bildirilgan.