Lola Karimova-Tillayeva Parij markazida EKO ART loyihasini namoyish etdi

© Facebook / Lola Karimova-TillyaevaLola Karimova-Tillyayeva predstavila EKO ART proyekt v istoricheskom sentre Parija
Lola Karimova-Tillyayeva predstavila EKO ART proyekt v istoricheskom sentre Parija - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rassom Markos Lyutyens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-obyekt tomchi ko‘rinishidagi metall konstruksiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Lola Karimova-Tillayeva Parijning tarixiy markazidagi Monnaie de Paris muzeyida bo‘lib o‘tayotgan AD INTERIEURS 2017 ko‘rgazmasi doirasida "Droplet" (Tomchi) nomli EKO ART loyihasini namoyish etdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Loyiha suv resurslarini asrash hamda iqlim o‘zgarishining halokatli oqibatlaridan jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan.

Rassom Markos Lyutyens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-obyekt tomchi ko‘rinishidagi metall konstruksiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin. Shuningdek, unda global isishning ta’siri haqida ma’lumot beriladi.

"Jamoatchilikni global isish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida san’at kuchidan foydalanishga ahd qildik. Binobarin, san’at insonlarga ilhom baxsh etib, ularni muayan maqsad atrofida birlashtira oladi.

"Droplet" loyihasini taqdim etar ekanmiz, suv resurslarining yetishmovchiligi va ularni asrash borasidagi dunyo hamjamiyatining xavotiriga sherikligimizni bildiramiz", deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

© Facebook / Lola Karimova-TillyaevaLola Karimova-Tillayeva Parij markazida "Tomchi" loyihasini namoyish etdi
Lola Karimova-Tillyayeva predstavila EKO ART proyekt v istoricheskom sentre Parija - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova-Tillayeva Parij markazida "Tomchi" loyihasini namoyish etdi

Uning yozishicha, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy ofatlarni bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab kuzatish mumkin. Lola Karimova-Tillayeva vaziyatni yaxshilash yo‘llari mavjudligini bildiradi.

"Masalan, kundalik hayot tarzimizda tabiatni asrashga katta ahamiyat berish, ko‘lu darolarni tozalash, daraxt ekish ishlarida ishtirok etish hamda atrof-muhitni asrash masalalari haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish.

Avvalambor, ayanchli oqibatlar muqarrarligini anglab, mas’uliyatni teran his etishimiz zarur.

Texnogen jarayon hayotimizda turli qulayliklar yaratishi bilan birga insonlarda tabiatdan butunlay uzilish va unga befarq bo‘lish uchun moyillik yaratadi. Bu esa barchamiz uchun fojia bilan tugashi mumkin", deb yozadi u.

Ma’lumot berilishicha, ko‘rgazma Monnaie de Paris muzeyida 20-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0