FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovga tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFIFA prezidenti Janni Infantino
FIFA prezidenti Janni Infantino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Futbol va uning boshqaruvini muhokama qilishni istasangiz, FIFA eshiklari Siz uchun doimo ochiq bo‘ladi, deb yozgan o‘z tabrik maktubida Janni Infantino

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. FIFA prezidenti Janni Infantino 12-sentabr kuni O‘FF prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik yo‘lladi, deb xabar berdi "Uzreport".

Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v den prazdnovaniya 70-letiya prezidenta Federatsii futbola Uzbekistana Mirabrora Usmanova ukazom ot 4-iyulya nagradil ordenom Dustlik - Sputnik O‘zbekiston
Mirabror Usmonov terma jamoani JChga olib chiqishga va’da bermaganligini aytdi
"Hurmati Umid Ahmadjonov! Sizni 2017-2021 yillar uchun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti etib saylanganingiz bilan chin yurakdan tabriklayman va eng ezgu tilaklarni bildiraman. Sizning chuqur bilimingiz hamda "Paxtakor" FK vitse-prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti kabi lavozimlarda ishlab to‘plagan ko‘p yillik tajribangiz mamlakatingizda futbolning barqaror rivojiga hissa qo‘shishiga ishonaman.

Oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lida men va FIFAning daldasiga tayanishingiz mumkin. Futbol va uning boshqaruvini muhokama qilishni istasangiz, FIFA eshiklari Siz uchun doimo ochiq bo‘ladi. Sizni Surix (Shveysariya)ga tez orada taklif qilishdan va FIFA tizimi bilan tanishtirishdan mamnun bo‘laman. FIFA vakillari Siz bilan shu kunlarda bog‘lanib, tashrif vaqtini muhokama qiladi.

Shu o‘rinda, Siz bilan birgalikda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari etib saylangan hamkasblaringizga tabriklarimni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman. Sizga omad, kuch va muvaffaqiyat tilagan holda tez orada uchrashib, tabrigimni shaxsan yetkazishga umid qilib qolaman", — deyiladi FIFA prezidentining tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Halifa Umid Ahmadjonovni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti etib saylagani bilan tabriklagan edi.

Yangiliklar lentasi
0