TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Facebook sahifalarida paydo bo‘lgan ushbu mavzuga ko‘plab foydalanuvchilar befarq qolishmadi, birovlar o‘z izohini qoldirgan bo‘lsa, boshqalar muammoni qanday hal qilish yo‘llarini taklif qila boshlashdi.
Mavzu dastlab Vera Grigoryeva ismli foydalanuvchi tomonidan ko‘tarilgan edi. Uning aytishiga qaraganda Chorvoq suv omoborining uzoq qirg‘og‘ida joylashgan ikki tepalik orasidagi bo‘sh yerda yaqinda paydo bo‘lgan noqonuniy axlatxona 300 metrga yoyilib ketgani xabar qilingan. Shamol har kuni ushbu axlatni yanada kengroq masofaga yoyib yuborayotgani va axlatxona ichida sigirlar bemalol o‘tlab yurgani xabar qilingan.
Grigoryeva aytishiga qaraganda, ushbu axlat mahalliy aholi tomonidan tashlanmagan, chunki uning ichida qimmatbaho ichimliklardan qolgan idishlar, qurilish axlatlari va so‘yilgan qo‘ylarning teri va suyaklari ko‘pligi ko‘rinib turibdi.
Undan tashqari, xabarada Chorvoqda bu yagona axlatxona emas, u tomonga boradigan yo‘llarning ikki tomoni ham axlat solingan paketlarga to‘lib ketgani ham aytib o‘tilgan.