Xonobodda "Moskvich" yonib ketdi

© MVD RUzV Xanabade sgorel "Moskvich"
V Xanabade sgorel Moskvich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘inga avtomashinaning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Andijon viloyatining Xonobod shahrida avtomashinada yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, 11-sentabr kuni Xonobod shahridagi yong‘in xavfsizligi qismiga "Anhor" mahalla fuqarolar yig‘inining Do‘stlik ko‘chasida avtomashina yonayotgani haqida xabar kelib tushdi.

Yong‘in o‘chirish bo‘linmasi zudlik bilan voqea joyiga yetib keldi va yong‘in o‘chirildi.

© MVD RUzYong‘inga avtomashinaning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda
V Xanabade sgorel Moskvich - Sputnik O‘zbekiston
Yong‘inga avtomashinaning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda

 

Yong‘in oqibatida, 1984-yilda ishlab chiqarilgan "Moskvich-2140" rusumli avtomashinaning motor va salon qismi zararlangan.

Yong‘inga avtomashinaning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Yong‘inda tan jarohatini olganlar yo‘q.

Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarga avtotransport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishlarini tavsiya qilmoqda.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0