Shavkat Mirziyoyev Meksika prezidentiga ta’ziya bildirdi

© REUTERS / Victor YanezMeksika, Oaxaka shtati qirg‘og‘idagi to‘lqinlar
Meksika, Oaxaka shtati qirg‘og‘idagi to‘lqinlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta juma kuni tong sahar Meksika qirg‘oqlari yaqinida so‘nggi yuz yil ichida eng kuchli zilzila qayd etildi

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika prezidenti Enrike Penya Netoga hamdardlik maktubini yo‘lladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar mahkamasi matbuot-xizmati.

"Meksika janubidagi talofatli zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va jarohatlanishi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi" — deyilgan maktubda.

Mirziyoyev butun Meksika xalqiga, nobud bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, shuningdek, barcha jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayishni tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Meksika qirg‘oqlarida juma kuni tonggi 04.49da 8,2 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Zilzila episentri Tres-Pikos aholi punkti janubi-g‘arbiy qismining 119 kilometri masofasida joylashgan bo‘lgan.
11 sentabr holatiga ko‘ra, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetgan.

Meksika prezidenti Penya Neto ushbu zilzilani so‘nggi yuz yil ichida ro‘y bergan eng kuchli tabiiy ofat deb ta’kidlagan.

Juma kuni Meksikada uch kunlik milliy motam kuni e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0