AQSh davlat qarzi ilk bor 20 trillion dollardan oshib ketdi

© Commons.wikimedia / ValugiSchetchik gosudarstvennogo dolga SShA. 2012 god
Schetchik gosudarstvennogo dolga SShA. 2012 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil mart oyi o‘rtalarida ushbu qarzdorlik 19,84 trillion dollarlik darajada muzlatib qo‘yilgan edi

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. AQSh davlat qarzi ilk bor 20 trilion dollarlik ko‘rsatkichdan oshib ketdi, deb xabar qildi RIA Novosti Business Insider tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, joriy yil mart oyi o‘rtalarida ushbu qarzdorlik 19,84 trillion dollarlik darajada muzlatib qo‘yilgan edi.

O‘tgan haftada prezident Donald Tramp uning vaqtinchalik oshirilishi to‘g‘risida qonunni imzolagan edi.

AQSh davlat qarzi hisobini ko‘rsatuvchi hisoblagichlar ko‘plab davlat saytlarida joylashtirilgan bo‘lib, qarzdorlik holatini onlayn tarzda ko‘rish mumkin.

Bugungi kunda qarzdorlik 20,164 trillion dollarni tashkil qildi va bu ko‘payishda davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0