Dollarning rasmiy kursi pasaydi, yevro esa oshdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 5-sentabrdan O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8100 so‘mga teng qilib belgilangan edi

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 12-sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini yangiladi.

Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 5-sentabr kuni o‘rnatilgan valyuta kursiga nisbatan qariyb 8 so‘mga pastlagan va 8092.13 so‘mga teng bo‘lgan (-7.87).

Yevro esa 73.17 so‘mga qimmatlashdi va 9 718.65 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, 5-sentabrdan O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8100 so‘mga teng qilib belgilangan edi. O‘shanda dollar kursi 29-avgustda belgilangan avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 3889 so‘m 65 tiyinga oshgandi.

Yangiliklar lentasi
0