Sardor Milano "Novaya volna" konkursida yetakchilik qilmoqda

Obuna bo‘lish
Tanlovning ikki kunida o‘zbekistonlik ishtirokchi barcha hay’at a’zolaridan “a’lo” baho olib, eng yuqori 242 ball to‘pladi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh xonanda Sardor Milano Sochida bo‘lib o‘tayotgan “Novaya volna — 2017” xalqaro tanlovining ikki kunida eng yuqori ball to‘pladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Tanlovning ikki kunida o‘zbekistonlik ishtirokchi barcha hay’at a’zolaridan “a’lo” baho olib, eng yuqori 242 ball to‘pladi. Bunday natijaga faqat ikki ishtirokchi erishdi – Sardor Milano va Armanistonlik Erna Mir ismli xonanda.

Uchinchi o‘rinda moldaviyalik trio Doredos (241 ball), to‘rtinchi o‘rinda esa Armanistonlik Suzanna Melkonyan (237).

“Men 14 yoshimda “Novaya Volni-2006” konkursining yarim finaliga chiqqan edim. Bu mening birinchi ijodiy qadamlarim edi. Shundan so‘ng men har doim "Novaya Volna" tanlovining sahnasiga chiqib, tomoshabinlarning iliq mehriga yana bir chulg‘anishni orzu qilar edim! Meni qo‘llab-quvvatlash uchun kelganlar soni ko‘pligidan baxtliman. Ularning ko‘pchilligi konsertdan xabar topgan zamon darhol bilet sotib olishgan. Ular orasida albatta oila a’zalarim, yaqin do‘stlarim, vokal bo‘yicha o‘qituvchim ham bor”, — dedi Sardor Milano.

Tanlov 14-sentabrga qadar davom etadi. Oldinda hali bir necha ijrolar bor. Konkurs g‘olibi 50 ming yevro oladi, ikkinchi o‘rin sovrini esa – 30 ming yevro, uchinchi o‘rin – 20 ming yevro.

Sardor Milano, haqiqiy familiyati (Ishmuxamedov), musiqa bilan 6 yoshidan shug‘ullanadi. To‘qqiz yoshida v “Djamayka”qo‘shig‘i bilan Toshkentda taniladi, 12 yoshida esa Butun O‘zbekiston va Qozog‘iston bo‘ylab konsert dasturlari bilan sayohat qiladi.

Sardor Milano Rossiya telekanalining “Glavnaya ssena” konkursida g‘olib bo‘lganidan va Birinschi kanalning “Golos” tanlovida ishtirokidan keyin keyin yanada mashhur bo‘lgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0