Mirziyoyev Turkiya va Eron prezidentlari bilan uchrashdi

Obuna bo‘lish
Mirziyoyev IHT sammiti doirasida Toyib Erdo‘g‘on va Hasan Ruhoniylar bilan uchrashdi

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya va Eron prezidentlari bilan uchrashdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi IHT sammitida - Sputnik O‘zbekiston
Aksariyat musulmon davlatlari texnologiyalarda ortda qolmoqda - Mirziyoyev
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi.

Muzokarada O‘zbekiston va Turkiyaning savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalardagi aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi", — deyiladi xabar matnida.

Ostona shahrida o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston rahbari shuningdek, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashgan. Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning mustahkamlanishi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qozog‘istonning Ostona shahrida IHT ishtirokchi-davlatlarining fan va texnologiyalar bo‘yicha sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston rahbari Qozog‘iston prezidenti taklifiga binoan Ostonaga uchib ketdi.

Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0