TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Yakshanba kuni Ostona shahrida Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha hamkorligi sammitida olimlarni mukofotlash tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston muxbiri.
"Men fan va texnologiyalar rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan islom olami olimlarini Qozog‘istonning maxsus mukofoti bilan taqdirlashni taklif qilgan edim. Ushbu tashabbusni ro‘yobga chiqarish uchun bizning mamlakat IHTning Bosh kotibiyati bilan birgalikda islom dunyosining eng yaxshi olimlarini tanlab oldik va ularni sammitga taklif etdik", — deb aytgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.
Taqdirlangan olimlar:
Qozog‘iston biotexnologiyalar bo‘yicha Milliy markazi Bosh direktori Yerlan Ramankulov biotexnologiyalar sohasida mehnatlari uchun mukofotlangan.
Qirol Abdulla nomidagi universitet professori Muhammad Slim Avloniy elektrotexnika sohasidagi mehnatlari uchun mukofotni qo‘lga kiritgan.
Virus immunologiyasi va tibbiy mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirgan mehnatlari uchun Gambiya tibbiy markazi bo‘lim boshlig‘i Assan Jaye mukofotlangan.
Muhammad V nomli universitet professori Rayya Cherkaoui al Mursli yadro fizikasi sohasida amalga oshirgan ishlari uchun taqdirlangan.