Toshkent IIBB yosh tergovchilarni ishga taklif qilmoqda

© Ofitsialniy sayt MVD UzbekistanaSotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana
Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB tergovchi va surishtiruvchilarni ishga taklif qilmoqda.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik.  Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasining Tergov boshqarmasiga bo‘yi 170 smdan baland va 30 yoshdan yosh bo‘lgan mutaxassislar ishga taklif qilinmoqda.

“Tanlovda oliy — huquqshunos diplomiga ega bo‘lib, muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy hizmat o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasi kursini tamomlab, ofitserlar zaxirasiga kiritilgan, bo‘yi 170 sm dan kam bo‘lmagan, 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin”, — deyilgan boshqarma xabarida.

Taklif qilinayotgan maosh miqdori va ish sharoitlari haqida xabar qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017-2021 yillardagi rivojlanishning beshta muhim yo‘nalishini belgilovchi Harakatlar strategiyasi qabul qilingan. Ushbu strategiya doirasida 2017-yilda O‘zbekiston Sud-huquq va Ichki ishlar organlari faoliyati butunday qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga muvofiq, yangicha kadrlar siyosati ham olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0