Xonanda o‘zbekistonlik qizlar — Anastasiya Molokova, Durdona Ergasheva va Monika Nadorbekovalarni tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tishgani bilan tabrikladi.
"Sizlarga barcha cho‘qqilarni zabt etishni va loyihaning oxiriga qadar yetib borishlaringizni tilayman. Butun mamlakat sizlar bilan faxrlanadi. Omad yor bo‘lsin", — dedi u Sputnik efirida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik uch ishtirokchi, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari "Ti super! Tansi" tanlovining keyingi bosqichiga chiqishdi.
"Ti super! Tansi" ko‘rik tanlovida qizlar xorazmcha raqs ijro etib jozibador raqs, nafis harakatlar va sharqona o‘ziga xoslik bilan hay’at a’zolarini lol qoldirishdi.
Sputnik axborot agentligi va NTV telekanali hamkorligida o‘tkazilayotgan "Ti super! Tansi" ko‘rik tanloviing birinchi bosqichi 2-sentabrda bo‘lib o‘tdi. Unda 11 mamlakatdan 142 nafar ishtirokchi qatnashdi.