TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Shu yilning 1-iyulidan O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga To‘qimachilik bayonnomasi imzolangandi.
Hujjat YeI davlatlari bozorlariga tegishli o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilishga qaratilgan.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning ilg‘or to‘qimachilik korxonalari rahbarlari va xorijiy ekspertlar bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yangi tashqi bozorlarga olib chiqish istiqbollari muhokama qilindi.
"Shu o‘rinda ta’kidlanganidek, mazkur kelishuv to‘g‘risidagi ma’lumot YeI bojxona xizmatlariga hozirgi vaqtga qadar rasman yetkazilmagan. Bu holat turli darajadagi ikki tomonlama muzokaralarda muntazam ko‘tarilayotgan o‘zaro savdoning kengayishiga to‘sqinlik qilmoqda", deyiladi TIV xabarida.
Xabarda bildirilishicha, shuningdek, suhbat davomida o‘zbek mahsulotlarini chet el bozorlariga ekport qilishni oshirishni diplomatik qo‘llab-quvvatlashga doir boshqa masalalar batafsil muhokama qilindi.
Yevroparlament To‘qimachilik bayonnomasini 2016-yilning dekabrida ratifikatsiya qilgandi.