Endi Telegram orqali pasport stoli blankalarini olish mumkin

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishDokumenti migranta ojidayushego polucheniya razresheniya na rabotu
Dokumenti migranta ojidayushego polucheniya razresheniya na rabotu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pasport stoliga borib o‘tirmasdan telefon orqali blankani ko‘chirib olish mumkin

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliga hamda Toshkent shahar IIBB mutasaddi xodimlari hamkorligida masofadan turib Telegram messenjeri orqali Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tizimlarida ishlatiladigan maxsus blankalarni fuqarolarga bepul taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

© GUVD TashkentaPasport stoliga bormasdan messenjer orqali blankani olish mumkin
Blanki pasportnogo stola mojno poluchit cherez Telegram - Sputnik O‘zbekiston
Pasport stoliga bormasdan messenjer orqali blankani olish mumkin

Xabarda aytilishicha, fuqaro Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tizimlarida ishlatiladigan maxsus blankalarni ko‘chirib olib, ulardan foydalanishi uchun Telegramdagi @PassportInfoUz botida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Ro‘yxatdan o‘tilganidan so‘ng kerakli bo‘lim tanlanadi va hujjat blankasi ko‘chirib olinadi.

Yangiliklar lentasi
0