Ta’kidlash joizki, oshpazlar sal oldin Olmaliq shahrida 6 tonnalik palovni tayyorlab ko‘rishgan edi.
O‘tgan galgi natijalarni ortda qoldirgan bugungi "shoh-palov" Ginnes rekordlari kitobiga kiritiladi.
Ulkan to‘rtmetrlik doshqozonda bosh taom tayyorlanayotgan bir paytda, bayram mehmonlari Sharq mehmondorchiligi muhiti sanalmish — qo‘shiq, raqs va o‘zbek hunarmandlari mahsulotlarini tomosha qilishlari mumkin edi. Atrofdagi yorqin ranglar, rango-rang musiqa nolalari, va boshni aylantiradigan darajadagi mazali hid mehmonlarda iliq, unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Qaysidir ma’noda tarixiy sanalmish voqea joyida olingan videoni e’tiboringizga taqdim etamiz.