Meksika sohillari balandligi to‘rt metrli to‘lqin ostida qolishi mumkin

© Sputnik / Oleg Smerechinskiy / Mediabankka o‘tishShtorm na naberejnoy u morskogo gruzovogo porta
Shtorm na naberejnoy u morskogo gruzovogo porta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Meksika sohilida 8 balli zilzila yuz berdi, zilzila markazi Tres-Pikos aholi maskanidan 119 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Silkinish kuchi 8 ballga teng zilziladan so‘ng Meksika sohillari balandligi to‘rt metrli to‘lqin ostida qolishi mumkin.

"Oaxaka va Chyapas shtatlaridagi quyi hududlar balandligi 4,2 metrgacha bo‘lgan to‘lqin ostida qolishi mumkin", — deb yozdi meksika milliy avariya-qutqaruv ixzmati boshlig‘i Luis Felipe Puente o‘zining Twitter sahifasida.

8 balli zilzila mahalliy vaqt bilan 04.49 (Toshkent vaqti bilan 09.49)da yuz berdi. Zilzila markazi Tres-Pikos aholi maskanidan 119 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 33 kilometr chuqurlikda. Tinch okeani sunamidan ogohlantiruv markazi halokatli to‘lqinlar yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Hodisa guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda video va fotolar bilan bo‘lishishmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0