TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekistonga safari chogʻida moskvalik vizajist Goar Avetisyan aktrisa Asal Shodiyeva uchun yangicha obraz yaratdi.
"Toshkentda boʻlgan vaqtimda taqdir meni juda iqtidorli aktrisa bilan uchrashtirdi. Va men unga nozik, yorqin, kechki tadbirlar uchun obrazni yaratdim", — deb yozgan vizajist oʻzining Instagrammdagi sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga safari chogʻida Goar Avetisyan shuningdek, Samarqandda ham boʻlgan, Toshkentda makiyaj asoslari boʻyicha master-klass oʻtkazgan, oʻzbekistonlik kelinga makiyaj va soch turmagini sovgʻa tariqasida hadya etib, soʻngra uning nikoh toʻyida mehmon boʻlgan.
Goar Avetisyanning Instagramdagi sahifasini 4 millionga yaqin kishi kuzatib boradi. Vizajist kosmetika yordamida oʻz qahramonlariga yangicha obrazlar yaratish ustida ishlaydi. Goar koʻpincha terisida muammolari boʻlgan yoki noodatiy tashqi koʻrinishga ega qizlarga goʻzal boʻlishda yordam beradi.