TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Toshkentda qutqaruvchilar qoʻli elektr goʻsht maydalagichga qisilib qolgan uch yoshli qizchani qutqarib olishdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
"Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish markazidan 3 yoshli qizchaning qoʻli elektr goʻsht qiymalagichga kirib, qisilib qolganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi", — deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish markaziga yetib borishdi va shifokorlar bilan hamkorlikda qizchaning elektr goʻsht qiymalagichga kirib, qisilib qolgan qoʻlini maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olishdi.
Vazirlik ota-onalarga farzandlarini qarovsiz qoldirmaslikni tavsiya etmoqda.