TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Toshkent viloyatida uchta NEXIA va MAN avtomashinalari to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Toshkent viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Prokuraturaning ma’lumot berishicha, 6-sentabr kuni Toshkent — Termiz avtomobil yo‘lining 832 km.da NEXIA avtomashinasi haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Natijada yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, yana ikkita NEXIA avtomashinalari bilan to‘qnashgan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.