TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Kecha Osiyo Futbol konfederatsiyasi yangi tekshiruv boshladi, deb xabar qilmoqda tashkilot rasmiy sahifasi.
Tashkilot fikriga ko‘ra, 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati kvalifikatsiya bosqichining final o‘yinlarida OFK nizomining bir necha bandi buzilganligi gumon qilinmoqda. Xususan, Nizomning siyosiyo va diniy betaraflik haqidagi 3.2 va assosiatsiyalar o‘z faoliyatini uchinchi taraflar ta’sirisiz boshqarishi haqidagi 14.4 bandlari buzilishda gumon qilinmoqda. Tekshiruv olib borishda OFK FIFA bilan hamkorlik qiladi, deyilgan xabarda. Ayni damda tashkilot 5 sentabrda bo‘lib o‘tgan barcha o‘yinlar haqida hisobotlar jamlamoqda.
Shuningdek, OFK tekshiruv ostiga olingan barcha futbol federatsiyalariga siyosiy betaraflikka amal qilishi shart ekanligi haqida xat yuborgan. “OFK barcha siyosiy va diniy masalalarda – betaraf”, — deyilgan xatda.
Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni JCh kvalifikatsiya bosqichining final o‘yinlarida quyidagi jamoalar ishtirok etgan edi: O‘zbekiston – Janubiy Koreya (0:0), Qatar – Xitoy (1:2), Eron – Suriya (2:2), Iroq – BAA (1:0), Avstraliya – Tailand (2:1) va Saudiya Arabistoni – Yaponiya (1:0).
Futbol ekspertlari fikriga ko‘ra, yuqoridagi o‘yinlar orasida muammoli o‘yin Eron – Suriya o‘yini bo‘lishi mumkin. Agar ushbu o‘yin natijalari qayta ko‘rib chiqilsa O‘zbekiston jamoasi gruppada uchinchi o‘ringa ko‘tariladi va JChning keyingi bosqichiga chiqadi.
Nahot-ki shunday bo‘lsa?!