"Milliy tiklanish" deputatlari turizmni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanishadi

© uzbektourism.uzMemorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey "Milliy tiklanish"
Memorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey Milliy tiklanish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi deputatlar bilan hamkorlikda turizm xizmati sifatini nazorat qilish ishlari bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida partiya va qo‘mita o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar qildi qo‘mita matbuot xizmati. 

Deputatlar turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan ta’sirchan parlament va deputatlik nazoratini amalga oshiradilar.

© uzbektourism.uzMemorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey "Milliy tiklanish"
Memorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey Milliy tiklanish - Sputnik O‘zbekiston
Memorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey "Milliy tiklanish"

Bundan tashqari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va deputatlar birgalikda vokzal va aeroportlarda sayyohlik xizmatlar sifatini nazorat qiladilar.

Eslatib o‘tamiz,2017 yil olti oyi davomida O‘zbekistonga 1 million 125 ming nafar turist kelgan. Bu o‘tgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Rossiyadan O‘zbekistonga yo‘l olgan sayyohlar soni 23 foizga o‘sib, 59 ming sayyohni tashkil qilgan edi. Turistik xizmatlar eksporti 694 million dollarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0