TOShKENT, 6 sen — Sputnik. "Irma" dovuli Karib dengizi orollarida milliarder Roman Abramovich va Richard Brenson uy joylariga xavf solmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan.
Britaniyalik biznesmen va Virgin Group asoschisi Richard Brenson so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat yaqinlashiga qaramasdan Neker shaxsiy orolini tark etmoqchi emas.
"Biz haqiqatan mustahkam dovullarga chidamli uy-joyni barpo etdik. Lekin beshinchi darajali dovulga hech nima bardosh bera olmaydi. <…> Men jamoamiz bilan Neker orolida bo‘laman. 30-yil davomida uchta dovul bo‘lib o‘tgan paytda shu yerda bo‘lganman", — deb ta’kidladi Brenson.
"Chelsi" futbol jamoasi egasi Roman Abramovich ushbu holatga izoh bermadi. Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, dovul yo‘lidagi Sen-Bartelem orolida rossiyalik biznesmenning 50 mln dollarlik villasi bor.
"Irma" dovuli 30-avgust kuni Atlantika okeani sharqiy qismida shakllandi. Uning tezligi 295 km/sni tashkil qiladi. "Irma" dovuli so‘nggi 12-yil ichidagi eng yirik tropik dovul sifatida e’tirof etilmoqda. "Irma" Livard va Bagam orollariga, Kuba, Dominikan Resublikasi, Gaiti, Puerto-Riko va Florida shtati aholisiga xavf tug‘dirmoqda.