TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Xalqaro havaskorlik boks assotsiatsiyasining Twitter akkauntida Gamburgda nihoyasiga yetgan boks bo‘yicha jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi nomini aniqlash bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi.
Ovoz berishda qatnashganlarning 56%i o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosovni chempionatning eng yaxshi bokschisi deb e’tirof etishgan.
It’s time to vote!! Choose your @BORGWARDGroupAG #BoxerOfTheWCHs from the four finalists below 👊👇#Hamburg2017WCH #AIBAFamily
— AIBA (@AIBA_Boxing) 5 sentabrya 2017 g.
Shahramdan tashqari, kubalik Xulio Sezar La Kruz, ukrainalik Aleksandr Xijnyak va fransiyalik Sofian Umialar nomzodi ham ko‘rsatilgandi. Xijnyak 17%, Kruz 15 va Umia 12% ovoz to‘plashdi.
Ularning barchasi Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘z vaznlarida chempion bo‘lishgandi. Shahram G‘iyosov 69 kg vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Kubadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.