TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘yin 0:0 hisobda, durang natija bilan yakunlandi, O‘zbekistonga esa faqat g‘alaba kerak edi.
Muxlislar jon ko‘ydirib qo‘llab-quvvatlashi va Babayanning barcha sa’y-harakatlariga qaramasdan O‘zbekiston jamoasi kerakli golni ura olmadi.
FULL-TIME | Korea Republic and Uzbekistan battle out a goalless draw! #UZBvKOR #WCQ2018 #RoadToRussia pic.twitter.com/UsuEcapBFU
— The-AFC.com (@theafcdotcom) 5 sentabrya 2017 g.
Futbol mutaxassilari aytishiga qaraganda Koreya jamoasi ham o‘zining eng kuchsiz o‘inlaridan birini namoyish qilgan, lekin shu bilan birga sezilarli ham xatoga ham yo‘l qo‘ymagan.
Ustiga ustak, Eronga yutqizib turgan Suriya jamoasi ham qo‘shimcha vaqtda yana bir gol urib hisobni tenglashtirgan va guruhda uchinchi o‘ringa chiqib olgan. Bu degani JCh-2018 ga Eron va Janubiy Koreya to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi, Suriya esa – JChning Pley-Off bosqichiga chiqadi.