Dushanbeda ayiqni qo‘lga o‘rgatgan boboga haykal o‘rnatildi

© fbDedushka Talabasho i Masha
Dedushka Talabasho i Masha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qizig‘i shundaki, ushbu haykal shahar aholisining bir necha yil davomida yig‘ilgan puli evaziga o‘rnatilgan.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Dunyoning barcha mashhur shaharlarining o‘z timsoli bor, masalan Parijda Eyfel minorasi, Rimda – Kolizey, Nyu-Yorkda — Ozodlik haykali va ho kazo. Dushanbe nisbatan yangi shahar, balkim shuning uchun ham ushbu kunga qadar uning yaqqol timsoli yo‘q edi.

Lekin shu kunlarda aynan shunday timsolga aylanuvchi haykal paydo bo‘ldi. Dushanbeda Talabasho bobo va uning ayig‘i Mariyaga atalgan haykal o‘rnatildi. Qizig‘i shundaki, ushbu haykal hokimiyat tomonidan emas, balkim shahar aholisining bir necha yil davomida yig‘ilgan puli evaziga o‘rnatildi.

© fbDedushka Talabasho i Masha
Dedushka Talabasho i Masha - Sputnik O‘zbekiston
Dedushka Talabasho i Masha

Dushanbeda Talabasho bobo va uning ayig‘i Mashani yoshu qari juda yaxshi bilishadi. Aytishlariga qaraganda bir vaqtlar Talabasho bobo tog‘da oyog‘i yaralangan ayiqchani topib oladi. Yaqin atrofda uning onasi ko‘rinmagani tufayli, bobo ayiqchani uyiga olib kelib, uning oyog‘ini davolay boshlaydi. Oradan ikki yil o‘tib ayiqcha tuzalib ketadi. Bobo unga Masha (Mariya) deb ism qo‘yadi.

Ayiqcha juda aqlli bo‘lib chiqadi, Talabasho bobo unga turli uyinlar va tomoshalar ko‘rsatishni o‘rgatadi. Shundan so‘ng ular shahar ko‘chalarida kattayu-kichikka turli tomoshalar ko‘rsatib yurishadi. Bobo ayiq bilan doimo trolleybusdan foydalangani ham ma’lum. Guvohlar aytishiga ko‘ra, ayiq boboga juda mehribon bo‘lgan ekan. Masalan, tomoshabinlar uni somsa bilan siylashsa u somsani o‘zi yemasdan Talabasho boboga keltirib berar, bobo esa uni ikkiga bo‘lib yarmini o‘zi yer, yarmini ayiqqa berar ekan.

Shu tariqa Talabasho bobo va Masha 18-yil davomida Dushanbe ko‘chalarida tomsha ko‘rsatib yurishadi. 2013-yilda bobo vafot etganidan keyin ayiq Dushanbe hayvonot bog‘iga topshirilgan. Bugungi kunda u sog‘u-salomat o‘sha yerda yashamoqda.

Dushanbe aholisi Talabasho bobo va Mashani bugunga qadar juda iliq xotirlaydi. Ushbu haykal esa ularning yuragi yaxshi xotiralarni abadiy saqlab qolishga yordam beradi.

© fbDedushka Talabasho i Masha
Dedushka Talabasho i Masha - Sputnik O‘zbekiston
Dedushka Talabasho i Masha
Yangiliklar lentasi
0