Respublika xirurgiya markazi odam a’zolari transplantatsiyasini o‘tkazish imkoniyatiga ega

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniyaV operatsionnie kompleksi Respublikanskogo spetsializirovannogo sentra xirurgii imeni akademika V.Vaxidova v Uzbekistane vnedrena sistema sterilizatsii vozduxa do 99,9 protsenta
V operatsionnie kompleksi Respublikanskogo spetsializirovannogo sentra xirurgii imeni akademika V.Vaxidova v Uzbekistane vnedrena sistema sterilizatsii vozduxa do 99,9 protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xirurgiya markazi Fransiya va Italiyada ishlab chiqarilgan ventilyatsiya va konditsionerlash kabi jarayonlarni dunyo standartlari talablari darajasida boshqaruvchi texnikalar hamda murakkab operatsiyalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlandi

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining operatsion majmualari havoni 99,9 foizgacha steril holatga keltirish tizimi bilan ta’minlandi. Bunday tizim mamlakat tibbiyotida birinchi marta qo‘llanilmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori doirasida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining barcha operatsion majmualari Yevropa standartlari talablari asosida qaytadan rekonstruksiya qilindi. Bu maqsad uchun davlat budjetidan 12 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniyaRespublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining operatsion majmualari havoni 99,9 foizgacha steril holatga keltirish tizimi bilan ta’minlandi
V operatsionnix kompleksax Respublikanskogo spetsializirovannogo sentra xirurgii imeni akademika V.Vaxidova v Uzbekistane vnedrena sistema sterilizatsii vozduxa do 99,9 protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining operatsion majmualari havoni 99,9 foizgacha steril holatga keltirish tizimi bilan ta’minlandi

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi direktor o‘rinbosari Mirjamol Zufarovning aytishicha, xirurgiya markazi Fransiya va Italiyada ishlab chiqarilgan ventilyatsiya va konditsionerlash kabi jarayonlarni dunyo standartlari talablari darajasida boshqaruvchi texnikalar hamda murakkab operatsiyalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlandi.

Bugun o‘rnatib berilgan ventilyatsiya, konditsionerlash tizimi yordamida operatsiya xonasiga uzatiladigan havo uch bosqichli jarayonda tozalanadi. Uchinchi tozalashdan keyin havo 99,9 foizgacha steril holatda bo‘ladi. Bunday sharoitda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlab, ko‘plab asoratlarning oldini olish imkonini yaratmoqda.

Markaz xodimlarining ma’lum qilishicha, kelajakda odam a’zolari transplantatsiyasiga oid qonun kuchga kirsa, markaz jigar, buyrak, o‘pka va yurak transplantatsiyasini o‘tkazishga tayyor.

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniyaRespublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining operatsion majmualari havoni 99,9 foizgacha steril holatga keltirish tizimi bilan ta’minlandi
V operatsionnix kompleksax Respublikanskogo spetsializirovannogo sentra xirurgii imeni akademika V.Vaxidova v Uzbekistane vnedrena sistema sterilizatsii vozduxa do 99,9 protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining operatsion majmualari havoni 99,9 foizgacha steril holatga keltirish tizimi bilan ta’minlandi

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida 2012-yilda zamonaviy kardioxirurgiya majmuasi qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. Majmuaning birinchi qavatida kuniga ikki yuz nafar bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan poliklinika, qon quyish stansiyasi, statsionar sharoitda davolanadigan bemorlarni qabul qilish xonasi, ikkinchi qavatida yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning tug‘ma yurak nuqsonlarini davolash bo‘limi hamda angiografik jarrohlik xonalari mavjud. Muassasaning uchinchi qavatida kardioxirurgiya bo‘limining palata, gemodializ va transplantatsiya bo‘limlari, klinik-diagnostika laboratoriyasi hamda diagnostika xonalari joylashgan. To‘rtinchi qavatda esa reanimatsiya bo‘limi va kardiojarrohlik xonalari mavjud.

Markazda yiliga 8 mingga yaqin yuqori texnologik, murakkab va miniinvaziv operatsiyalar bajariladi.

Kelajakda respublikadagi boshqa davolash muassalariga ham ushbu tizim joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda ularning qurilish loyihalariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0