TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi "Navoiy" mahallasi Ostona ko‘chasida qoldirilgan sumka ichidan o‘g‘il bola chaqaloq topildi.
Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida ushbu qilmishni sodir etgan 44 yoshli ayolning shaxsi aniqlandi, deb xabar berdi Toshkent viloyati prokuraturasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tumanda yashovchi M.S. farzandini o‘z uyida dunyoga keltirib, ikki kundan so‘ng uni ko‘chadagi yashash uylari yonida qoldirib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.