"KAMAZ" O‘zbekistonga qaytdi

© Press-slujba dilerskogo sentra PAO "Kamaz" Otkritie dilerskogo sentra "Kamaz" v Tashkente
Otkritie dilerskogo sentra Kamaz v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "KAMAZ" rusumli avtomashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Toshkentda dilerlik va servis markazini ochdi

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Kecha Toshkentda avtotexnika, texnik xizmat ko‘rsatish va original ehtiyot qismlar sotish bilan shug‘ullanadigan "KAMAZ" dilerlik va servis markazi ochildi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Markaz qurilish, yo‘l qurilishi, neft-gaz, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining kommunal xizmatlar sohasidagi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Dilerlik va servis markazi loyihasi rahbari Javlon Xalilovning aytishicha, markaz hozircha bir vaqtning o‘zida 6tagacha avtomobilni ta’mirlash uchun qabul qila oladi, texnik ko‘rik stansiyasida ta’mirlash ishlari darajasiga qarab bir smenada 30tagacha mashinaga xizmat ko‘rsatish mumkin.

© Press-slujba dilerskogo sentra PAO "Kamaz" v TashkenteToshkentdagi "Kamaz" dilerlik markazi
V dilerskom sentre PAO Kamaz v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi "Kamaz" dilerlik markazi

Yaqin istiqbolda Toshkentda yanada kattaroq va quvvatliroq markaz tashkil etish hamda barcha viloyatlarda "KAMAZ" markazlari barpo etish rejalashtirilgan.

Bundan 10-yildan ortiqroq vaqt ilgari O‘zbekistonda "KAMAZ" vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatgan, biroq ayrim sabablarga ko‘ra yopilgandi.

"KAMAZ" brendi Rossiyaning yirik avtomobil korporatsiyasi bo‘lib, uning Rossiya avtobozoridagi ulushi 50%dan ortiq.

"KAMAZ — Master" jamoasi Parij-Dakar rallisda 13-marta g‘alaba qozongan va uch marta jahon chempioni bo‘lgan.

Hozirda korporatsiya 40dan ortiq modelda yuk avtomobillari, tirkamalar, avtobuslar, traktorlar, dvigatel, kuch agregatlari ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0