TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Sabina Mustayeva "Polsha ovozi" (The Voice of Poland) yosh xonandalar ko‘rik tanlovining dastlabki bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar qilmoqda kidsmusic.info portali.
O‘zbekistonlik yosh xonandaoldin Moskvada "Golos.Deti" konkursida ijro etib g‘alaba qozongan, "Run to You" qo‘shig‘i bilan sahnaga chiqdi.
Sabina sahnada qo‘shiq ijro etganidan keyin barcha murabbiylar unga yuzlandi. Sabina Polshaning Afromental guruhi solistlari Tomson va Baron ismli murabbiylarni tanladi.