TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Ilgariroq O‘zbekiston IIV vaziri Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Po‘lat Bobojonov egallagani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida Hukumat tarkibida yuz bergan yangi o‘zgarishlar haqida rasmiy ma’lumot chop etildi.
Xabarga ko‘ra, IIV rahbarligidan ozod etilgan Abdusalom Azizov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan.
Bu lavozimni unga qadar Kabul Berdiyev egallab kelayotgan edi.
Mirziyoyevning 2017-yil 4-sentabrdagi farmoniga muvofiq Mudofaa vazirligidan ozod etilgan Kabul Berdiyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.