TOShKENT, 4 sen — Sputnik. "TurStat" tahliliy markazi xabariga ko‘ra, 2017-yilning birinchi yarmida Rossiyadan O‘zbekistonga yo‘l olgan sayyohlar soni 23%ga o‘sib, 59 ming sayyohni tashkil qilgan.
TurStat xabariga ko‘ra oxirgi to‘rt yil davomida Rossiya sayyohlik industriyasi chet el safarlari bo‘yicha ilk bor 30%dan ortiq o‘sish namoyish qilgan.
Eng ommaviy yo‘nalishlar esa quyidagilarni tashkil qilgan: Abxaziya (1,66 mln), Turkiya (1,63 mln), Finlyandiya (1,54 mln), Qozog‘iston (1,27 mln), Ukraina (999 ming), Xitoy (947 ming), Estoniya (817 ming), Polsha (589 ming), Tailand (576 ming) va Germani (570 ming).
MDH mamlakatlari orasida rossiyalik sayyohlar soni Gruziya (383 ming), Ozarbayjon (325 ming), Armaniston (171 ming) va Qirg‘izistonga (116 ming) ham sezilarli darajada oshgan.