"Ti super! Tansi" ko‘rik tanlovida o‘zbekistonlik yosh raqqosalar ikkinchi bosqichiga chiqishdi

Obuna bo‘lish
"Ti super! Tansi" ko‘rik tanloviing birinchi bosqichi shanba kuni, 2-sentabrda bo‘lib o‘tdi. Unda 11 mamlakatdan 142 nafar ishtirokchi qatnashdi. Anastasiya Molokova, Durdona Ergasheva va Monika Dodarbekovalar "Ti super! Tansi" ko‘rik tanlovining ikkinchi bosqichiga chiqishdi.

Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda qizlar ularni qo‘llab quvvatlayotgan barcha o‘zbekistonlik muxlislariga minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek ular o‘zlari tarbiya olayotgan, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi bolalar uyi o‘qituvchilariga salom yo‘llashdi.

"Ti super! Tansi" ko‘rik tanlovida qizlar xorazmcha raqs ijro etib jozibador raqs, nafis harakatlar va sharqona o‘ziga xoslik bilan hay’at a’zolarini lol qoldirishdi.  

Sputnik axborot agentligi va NTV telekanali hamkorligida o‘tkazilayotgan "Ti super! Tansi" ko‘rik tanloviing birinchi bosqichi shanba kuni, 2-sentabrda bo‘lib o‘tdi. Unda 11 mamlakatdan 142 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0