TOShKENT, 3 sen — Sputnik. "Ti super! Tansi" ko‘rik tanlovida qizlar xorazmcha raqs ijro etib jozibador raqs, nafis harakatlar va sharqona o‘ziga xoslik bilan hay’at a’zolarini lol qoldirishdi. Natijalar e’lon qilinganidan keyin qizlar o‘zlarining xursandchiligini yashira olmadilar.
Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda qizlar ularni qo‘llab quvvatlayotgan barcha o‘zbekistonlik muxlislariga minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek ular o‘zlari tarbiya olayotgan, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi bolalar uyi o‘qituvchilariga salom yo‘llashdi.
“Biz o‘z chiqishimizdan juda xursandmiz, lekin biz uchun ushbu g‘alaba kutilmagan bo‘ldi. Hay’at a’zolarining so‘zlari ham bizni hayratda qoldirdi. Endi faqat dam olib, g‘alabaga xursand bo‘lish qoldi”, — dedi Anastasiya Molokova.
Sputnik axborot agentligi va NTV telekanali hamkorligida o‘tkazilayotgan "Ti super! Tansi" ko‘rik tanloviing birinchi bosqichi shanba kuni, 2-sentabrda bo‘lib o‘tdi. Unda 11 mamlakatdan 142 nafar ishtirokchi qatnashdi.