TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Bugun Samarqand shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev, hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, viloyat faollari, nuroniylar, yoshlar jam bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev dastlab Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.
Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova Islom Karimov haykalini ochdi. Birinchi Prezident haykali poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Birinchi Prezident haykali poyi gullarga burkandi.
Haykal Registon maydoni yonidagi xiyobonda, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadon yaqinida o‘rnatilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadonga ham tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, elga ehson dasturxoni yozildi.
31 avgust kuni Toshkentda, Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov haykalini ochilgandi.