O‘zbekiston termasining JCh-2018ga chiqish imkoniyati 37 foiz deb baholandi

© Asian Football ConfederationSbornaya Uzbekistana po futbolu ustupila Kitayu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu ustupila Kitayu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston "Omad kulib boqishi lozim" bo‘lgan guruhdan joy oldi

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Tvitterdagi We global football sahifasi Jahon chempionati saralashida ishtirok etayotgan jamoalarning Rossiyadagi mundialga borish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionatiga borish imkoniyatlari 37,83 foiz deb baholandi. O‘zbekiston "Omad kulib boqishi lozim" bo‘lgan guruhga qo‘shildi.

​Janubiy Koreyaning imkoniyati esa 72,71 foizga teng deb topildi. So‘nggi pallada mundial chiptasi uchun kurashga jiddiy ravishda qo‘shilgan Suriyaning imkoniyatlari esa 13,63 foizga tenglashtirilmoqda. Kuni kecha O‘zbekistonni mag‘lub etgan Xitoyning ko‘rsatkichi 0,25ga teng. Qatarda imkoniyat qolmagan.

Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0