Mirziyoyev va Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta TursiiTurkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat davomida davlatlar rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli va har tomonlama O‘zbekiston-Turkiya sherikligini chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Erdo‘g‘on Turkiya xalqi va o‘z nomidan Mirziyoyevni va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 26-yilligi va muborak Qurbon hayiti bilan chin dildan tabrikladi, deyiladi xabarda.

Vizit prezidenta Tursii v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oktabrda Turkiyaga tashrif buyuradi
O‘z navbatida, O‘zbekiston rahbari samimiy tabrik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, barcha musulmonlarning muborak bayrami munosabati bilan Turkiya rahbari va qardosh turk xalqiga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi.

Suhbat davomida turli darajadagi aloqalar jadallashgani, o‘zaro ishonchga asoslangan amaliy ruhdagi siyosiy muloqot rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichda rivojlanmoqda.

Bugungi kunda o‘zaro savdo-sotiq hajmi barqaror oshib borayotgani kuzatilmoqda. O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Madaniy-gumanitar hamkorlik ko‘lami sezilarli darajada kengaydi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi aloqalar rivojlanmoqda.

Davlatlar rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli va har tomonlama O‘zbekiston-Turkiya sherikligini chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0