TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Toshkent shahrida "IKAT" uslubidagi milliy to‘quvchilik maktabining ko‘p asrlik an’analariga bag‘ishlangan "O‘zbek ipagining gulgun fasli" nomli kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lola Karimova — Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Islom Karimov Fondi hamda O‘zbekistonning YuNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan yaratilgan ushbu kitob o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etilgan.
Mazkur risolani milliy ipakchilik hususidagi mukammal solnoma deb atash mumkin, unda to‘quvchilik an’analari paydo bo‘lishidan zamonaviy o‘zbek abrbandi durdonalariga qadar — o‘tmish va bugun haqida so‘z boradi.
Kitobda, jumladan, ipak qurtlarining paydo bo‘lishi, shoyi tolalariga rang berib, mato yaratilishi hamda tabiiy bo‘yoqlarni hosil qilish haqida so‘z boradi. Risolada, shuningdek, o‘zbek matolariga turli asrlarda hos bo‘lgan bezaklar hususida ma’lumot beriladi.
"O‘zbek ipagining gulgun fasli — kitobi boy milliy an’analarimiz va noyob madaniy merosimiz haqidagi munosib risola bo‘lishiga ishonamiz"- deb yozgan Lola Karimova.
"International Tashkent" mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan taqdimotda madaniyat, san’at va fan arboblari, shuningdek diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.