Moskvadagi "Prospekt mira" metro bekati yaqinida joylashgan Jome masjidiga musulmonlar yarim tunda oqib kela boshladi. TOng soat 06:30 da nafaqat masjid ichi, balkim uning atrofida 500 metrgacha bo‘lgan hudud hayit namozi o‘qishga kelganlar bilan liq to‘la edi.
Shuningdek, bu yerda namoz o‘qishga kelgan musulmonlardan tashqari minglab, politsiya va boshqa huquqni saqlash organlari xodimlari ham bor edi. Masjid tomonidan tayinlangan maxsus ko‘ngillilar esa kelganlarni masjid tomon yo‘naltirib turishar, metall izlagichdan o‘tishga yordan berar edi.
Imom Qurbon hayiti, qurbonlik haqida, Islom dinining tinchlik, ezgulik dini ekanligi haqida ma’ruza qilganidan so‘ng hayit namozi ado etildi. Namoz ado etilganidan so‘ng millati va yoshidan qat’i nazar barcha bir-birini muborak ayyom bilan qutladi.