Hindiston sudi hindularga Toj-Mahalda ibodat qilishni taqiqladi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishToj-Mahal
Toj-Mahal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq olti nafar advokat sudga murojaat qilib, Toj-Mahal musulmonlar maqbarasi emas, balki Shiva ma’budiga atalgan hindular butxonasi ekanligini ma’lum qilganlar

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Hukumat arxeologlari ko‘rsatmalarini tinglagan Hindiston sudi Toj-Mahal hindular cherkovi emas, balki musulmonlar mavzoleyi degan qarorni e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti The Guardian nashriga tayangan holda.

Ilgariroq OAVlarda olti nafar advokat sudga ariza bilan murojaat qilib, Toj-Mahal musulmonlar maqbarasi emas, balki Shiva ma’budiga atalgan hindular butxonasi ekanligini ma’lum qilishgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Shu paytga qadar faqat musulmonlar ushbu yodgorlik majmuasida ibodat qilib kelganliklari uchun, da’vo qiluvchilar hindularga ham bu muqaddas qadamjo eshiklarini ochishni so‘rashgan edi.

O‘shanda hukumat Hindiston arxeologik xizmatiga Agra shahrida joylashgan YuNESKO butunjahon merosiy obidalari ro‘yxatiga kiritilgan obyekt yuzasidan o‘z fikrlarini bildirish topshirig‘ini bergan.

Ammo arxeologlar musulmonlar taraf bo‘lib, Toj-Mahal Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi podshosi Shoh-Jahon buyrug‘i bilan uning rafiqasi, o‘n to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda dunyodan ko‘z yumgan Mumtoz-Mahal begim sharafiga qurilganligini ta’kidlashgan.

 

Yangiliklar lentasi
0