Bankomatlar qayerda paydo bo‘ldi?

Obuna bo‘lish
Bir necha kun oldin Toshkentning Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida bankomatlar paydo bo‘ldi.

Iqtisodni liberallashtirish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston plastik karta hisob raqamidagi pul va naqd pul orasidaga tafovutni yo‘q qilish tomoniga ilk qadamlarni  qo‘ymoqda. Fuqarolar istalgan vaqtda plastik karta hisob raqamidagi pul mablag‘larini naqd pulga aylantirishi mumkin bo‘lishi uchun Toshkentning odam gavjum joylarida bankomatlar paydo bo‘lmoqda. 

Poytaxtda birinchi bo‘lib bankomatlarni Xalq banki o‘rnata boshladi. Bankomatlar Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida paydo bo‘ldi. Shundan so‘zng Milliy bank ham yaqin orada 55ta bankomat o‘rnatishini e’lon qildi. Undan so‘ng esa "Agrobank" 80ta bankomat o‘rnatishni va’da berdi.

Bankomatlar o‘rnatilgan manzillar va ulardan foydalanish xavfsizligi haqida infografikamizda tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0