TAShKENT, 30 avg — Sputnik. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini (gran-pri) Ozarbayjonlik musiqachilar Sohib Pashazada va Kamran Karimovga munosib bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Kecha 30-avgust kuni Samarqanddagi Registon maydonida “Sharq taronalari” festivali ishtirokchilari ijrosida gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Undan festivalning yakuniy natijalari e’lon qilindi.
“Men tanlovda Gran-pri sohibi bo‘lganimizdan judayam xursandman. Samarqandda sahnaga chiqish – mening bolalik orzuim edi. Aslida bu yerga shuning uchun kelgan edim”, – dedi Sohib Pashazade.
Eslatib o‘tamiz, “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali Samarqandda 25-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. 2017-yilgi “Sharq taronalari” festivalivalida dunyoning 59 mamlakatidan 240dan ortiq ishirokchilar kelishgan. Ushbu festival an’anasi 1997-yilda O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan boshlangan edi. Festivalning maqsadi – milliy musiqa san’atini saqlab qolish va ommaviylashtirishdir.