TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Biroz oldin Rossiyaning Samara viloyatida yuz bergan YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, 4nafari jarohatlangan, degan xabarlar tarqatilgan edi, lekin ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston TIVi tomonidan tasdiqlanmadi.
"Samara viloyatida yuz bergan yo‘l-harakati hodisasi qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqidagi ba’zi OAV tomonidan tarqatilgan xabarlar tasdiqlanmadi. Mazkur hodisa natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 4 kishi jarohatlangan", — deyilgan TIV rasmiy xabarida.
Rossiya huquqni saqlash organlari xabarga ko‘ra, ichida 7 nafar fuqaro bo‘lgan "Lada Largus" avtomobili to‘xtab turgan "KamAZ" avtomobiligia borib urilgan. Voqea Samara viloyatining Voljskiy tomanining Chernovskoe suv ombori yaqinida 2017-yil 27-avgust kuni soat 03:00 atrofida bo‘lib o‘tgan.
Hozirgi vaqtda Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining jarohatlanganlar orasida bo‘lganligi haqidagi ma’lumot qo‘shimcha tekshirilmoqda.