IBM ekspertlari O‘zbekistonda "aqlli shahar" tizimini joriy etishda yordam beradi

© mytashkent.uzTashkent-siti
Tashkent-siti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida IBM kompaniyasining G‘arbiy Yevropa va Osiyo bo‘yicha bosh direktori Andrey Filatov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. IBM kompaniyasi O‘zbekistonda "aqlli shahar" tizimini joriy etishda yordam beradi. Bu haqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Kuni kecha vazirlikda IBM kompaniyasining G‘arbiy Yevropa va Osiyo bo‘yicha bosh direktori Andrey Filatov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda "aqlli shahar" uchun tizimlar yaratish, "bulutli" texnologiyalarni joriy qilish, yangi startaplarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin vaqt ichida ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari imzolanishini ma’lum qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0