TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida erkak o‘z rafiqasi va ikki nafar voyaga yetmagan farzandini temir bolg‘a yordamida urib o‘ldirishga harakat qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy ishning bosh ishtirokchisi — Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 1973-yilda tug‘ilgan erkak oilaviy nizolar tufayli uch kishining hayotiga su’iqasd uyushtirgan.
"Erkak 1985-yilda tug‘ilgan shar’iy nikohda bo‘lgan rafiqasi bilan urishib qolgach, ayolni va uning biri 9 biri 11 yoshda bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarini miyaning orqa qismiga temir bolg‘a bilan urib o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Jinoyatchi o‘z yaqinlariga og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan. Agar uchinchi shaxslar aralashmaganlarida uch karra qotillik muqarrar edi. Ayni vaqtda jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan", — deb xabar bergan prokuratura vakili.
Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, gumondor hibsga olingan. Prokuratura tomonidan dastlabki tergov ishlari davom ettirilmoqda.