TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya xalq artisti Nadejda Babkina "Sharq taronalari" xalqaro festivalida chiqish qildi va Samarqand go‘zalligidan lol qoldi.
"Samarqanddagi "Sharq taronalari" xalqaro festivali a’lo darajada! Butun dunyodan artistlar — 59 jamoa yig‘ilgan. Turli janrlar namoyish etilmoqda — xalq musiqasi va opera. Gruziyalik artistlar raqs ijro etishdi — qadamlaridan uchqun sachradi! Italiyalik chiqish qildi — ovozi zo‘r. Muhit ajoyib, rang-barang. Madaniyat chegara bilmaydi!", — deb yozdi Babkina o‘zining Instagram sahifasida.
U turli xalqlarni birlashtiruvchi festivalning a’lo darajada tashkillashtirilgani hamda "Russkaya pesnya" ansamblini Samarqandga taklif etgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
"Tashkilotchilar 11-bor ulkan va xayrli ishni amalga oshirishmoqda. Festival xalqlarning an’analari o‘rtasidagi bog‘liqlikni his qilishga yordam beradi", — deb yozdi u.
Samarqandda 25-avgust kuni boshlangan "Sharq taronalari" xalqaro festivali 30-avgustga qadar davom etadi. Festival ilk bor 1997-yili O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilgandi. Mazkur san’at bayramini o‘tkazishdan maqsad milliy musiqa san’atini ommalashtirish va saqlab qolishdir. Festival ikki yilda bir marta, avgust oxirida o‘tkaziladi.