Markaziy bank valyutani uzluksiz sotib olishni va’da bermoqda

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPunkt obmena valyut
Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tijorat banklarini jismoniy shaxslardan valyuta sotib olish uchun uzuluksiz ravishda naqd pul bilan ta’minlash haqidagi nizom kuchga kirdi.

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan, “Tijorat banklarini jismoniy shaxslardan valyuta sotib olish uchun uzluksiz ravishda naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi nizom kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Yangi hujjatda valyuta almashtiruv punktlari orqali aholidan valyutani uzuluksiz ravishda sotib olish uchun tijorat banklarini naqd pul bilan ta’minlash tartibi, hisob-kitobni amalga oshirish muddati hamda ruxsat berilgan buxgalteriya o‘tkazmalari belgilangan.

Yangi tartib valyuta almashuv punktlari faoliyatini uzluksiz amalga oshirish, mijozlarga o‘z vaqtida, sifatli xizmat ko‘rsatish masalalarini hal qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy banki yaqin orada Toshkent va Samarqandda naqd so‘m va dollar olish mumkin bo‘lgan 55 ta bankomat o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Ushbu kunga qadar bankomatlar Oloy bozori, Sergeli yarmarkasi, Aviasozlar bozori va Olmazor tumanidagi bozorlarda o‘rnatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0